empty

Alligator indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi

Alligator texnik indikatori Bill Vilyamsning kitoblari tofayli mashhur bo'lgan. Bu kitoblarda Bill Vilyams bozorlar asosiy vaqtda fletda bo'ladi, ya'ni hech qaerga harakatlanmaydi, deb yozgan. Bozorda faqat butun vaqtning 15–30% davomida trend kuzatiladi. Aynan ana shu davrlarda narxning yo'naltirilgan harakatida treyderlar maksimal daromad olishadi. Alligator indikatori bozorning ma'lum bir paytdagi holatini baholashga va unga kirish uchun qulay vaqt tanlab olishga imkon beradi.

Grafikda Alligator texnik indikatori frakal geometriya va nochiziqli dinamikadan foydalanuvchi "Balans chiziqlari" (Sirpanuvchi o'rtachalar, Moving Averages) kombinatsiyasini ifodalaydi.

  • Ko'k chiziq (Alligator jag'i) — bu vaqt davri uchun balans chizig'i bo'lib, u grafikni yasash foydalanilgan (kelajakka 8 bar surilgan 13 davrli silliqlangan sirpanuvchi o'rtacha).
  • Qizil chiziq (Alligator tishlari) — bu bir pog'ona past muhim vaqt davri uchun balans chizig'i (kelajakka 5 bar surilgan 8 davrli silliqlangan sirpanuvchi o'rtacha).
  • Yashil chiziq (Alligator lablari) — yana bir pog'ona past bo'lgan muhim vaqt davri uchun Balans chizig'i (kelajakka 3 bar surilgan 5 davrli silliqlangan sirpanuvchi o'rtacha).

Alligatorning Lablari, Tishlari va Jag'i turli vaqt oraliqlarining o'zaro munosabatlarini ko'rsatadi. Bozorda trendlarni faqat 15-30% vaqt mobaynida ajratish mumkin bo'lgani uchun trendlarga amal qilish va ma'lum bir narxlar oralig'ida o'zgaruvchi bozorlarda ishlamaslik zarur.

Jag', Tishlar va Lablar yopiq bo'lganda yoki chirmashib ketganda Alligator uxlashga tayrganlik ko'radi yoki uxlagan bo'ladi. U uxlaganda uning ochligi kuchayadi - u qanchalik ko'p uxlasa, uyg'onganda shunchalik och bo'ladi. U uyg'onganda qiladigan birinchi harakati Og'zini ochadi. Shundan so'ng Alligator bozorda "buqalar" yoki "ayiqlar"ning paydo bo'lishini kuta boshlaydi va ovni boshlaydi. Alligator ochligini qanoatlantirganida, u narxga bo'lgan qiziqishini yo'qotadi - bu holat Balans chiziqlari yaqinlashishida ko'rinadi. Keyin foydani qayd qilish uchun vaqt keladi.

alligator indikatori

Hisoblash

MEDIAN PRICE = (HIGH + LOW) / 2

ALLIGATORS JAW = SMMA (MEDIAN PRICE, 13, 8)

ALLIGATORS TEETH = SMMA (MEDIAN PRICE, 8, 5)

ALLIGATORS LIPS = SMMA (MEDIAN PRICE, 5, 3)

Bu yerda:

MEDIAN PRICE — median narx;

HIGH — barning maksimal narxi;

LOW — barning minimal narxi;

SMMA (A, B, C) — silliqlangan sirpanuvchi o'rtacha. A parametr — silliqlanadigan ma'lumotlar, V — silliqlash davri, C — kelajakka surish. Masalan, SMMA (MEDIAN PRICE, 5, 3) silliqlangan sirpanuvchi median narxdan olinishini anglatadi, bunda silliqlash davri 5 barga, siljitish esa 3 barga teng;

ALLIGATORS JAW — Alligator Jag'lari (ko'k chiziq);

ALLIGATORS TEETH — Alligator Tishlari (qizil chiziq);

ALLIGATORS LIPS — Alligator Lablari (yashil chiziq).

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
 

Dear visitor,

Your IP address shows that you are currently located in the USA. If you are a resident of the United States, you are prohibited from using the services of InstaFintech Group including online trading, online transfers, deposit/withdrawal of funds, etc.

If you think you are seeing this message by mistake and your location is not the US, kindly proceed to the website. Otherwise, you must leave the website in order to comply with government restrictions.

Why does your IP address show your location as the USA?

  • - you are using a VPN provided by a hosting company based in the United States;
  • - your IP does not have proper WHOIS records;
  • - an error occurred in the WHOIS geolocation database.

Please confirm whether you are a US resident or not by clicking the relevant button below. If you choose the wrong option, being a US resident, you will not be able to open an account with InstaTrade anyway.

We are sorry for any inconvenience caused by this message.